Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 228712
Gallery image 228713
Gallery image 228714
Gallery image 228715
Gallery image 228716
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
02 Sen 2026
10:34

Kotib

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Avayxon” mahallasida “Yagona Vatan — yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu bayram tadbiri o‘tkazilishida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 18-Avayxon okrugi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Ruslan Yerniyazov yaqindan yordam berib, barcha tashkiliy jarayonlarda bevosita ishtirok etdi.

Bayram tadbirida mahalla ahli uchun dasutrxon yozilib, osh tortildi. Tadbirda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bunday bayram tadbirlari yurtdoshlarimizni yanada jipslashtirib, Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mustaqilligimiz — xalqimizning bebaho ne’mati!