Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — deputatlar e’tiborida
Gallery image 228669
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
26 Avg 2026
00:00

Fuqarolar murojaatlari — deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova o‘z saylov okrugidagi “Do‘stlik” MFY, 4-tor Maybog‘cha ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaatini o‘rganmoqda.

Murojaatda fuqaro sog‘lig‘ini tiklash hamda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat tegishli mas’ul tashkilotlar jalb etilgan holda o‘rganilib, fuqaroga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Fuqarolarning har bir murojaati — deputatlar e’tiborida.