Barcha yangiliklar
BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MARRALAR SARI!
Gallery image 228660
Gallery image 228661
Gallery image 228662
Gallery image 228663
Gallery image 228664
Gallery image 228665
Gallery image 228666
Gallery image 228667
Gallery image 228668
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
02 Sen 2026
10:16

BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MARRALAR SARI!

Bugun Paxtakor tumanining barcha hududlaridagi umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov hamda N.Sulaymonov ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi onlayn tarzda o‘qib eshittirildi.

Tuman hokimi maktab o‘quvchilari, ustozlar hamda tadbir ishtirokchilarini Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, yangi o‘quv yilida barchaga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir yakunida 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi.