Barcha yangiliklar











ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
02 Sen 2026
09:56
Deputat o‘quvchilar bilan “Bilimlar kuni”ni qarshi oldi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati U.Safarov 12-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari bilan uchrashilib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, mustahkam bilim va a’lo natijalar tilandi.
Shuningdek, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ta’lim jarayonida barchaga omad va zafarlar tilak bildirildi.
📚 Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar va yangi marralar sari muhim qadam!