Barcha yangiliklar
Hunarmandchilik — bandlik va farovonlik manbai! 🧵
Gallery image 228500
Gallery image 228501
Gallery image 228502
Gallery image 228503
Gallery image 228504
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
12 Avg 2026
00:00

Hunarmandchilik — bandlik va farovonlik manbai! 🧵

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov Bobur Mirzo mahallasida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹 Tashrif davomida, ayniqsa, mahallada yo‘lga qo‘yilgan hunarmandchilik faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Har bir hunar — imkoniyat, har bir band fuqaro — farovon oila!

📌 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — mahalla taraqqiyotining muhim omilidir.