Barcha yangiliklar
🏘 Bo‘ston mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
Gallery image 228479
Gallery image 228480
Gallery image 228481
Gallery image 228482
Gallery image 228483
Gallery image 228484
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
11 Avg 2026
00:00

🏘 Bo‘ston mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Dolzarb 40 kunlik” obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi doirasida Bekobod tumanida hududlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

📍 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, mas’ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida Bo‘ston mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi mavjud holat o‘rganildi.

🤝 O‘rganish davomida aholi bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Hududdagi obodonlashtirish, tozalik va infratuzilmaga oid mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.