Barcha yangiliklar
📚 Xalq vakili — muammolar yechimi yo‘lida!
Gallery image 228425
Gallery image 228426
Gallery image 228427
Gallery image 228428
Gallery image 228429
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
10 Avg 2026
00:00

📚 Xalq vakili — muammolar yechimi yo‘lida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Do‘stlik” mahallasidagi 1-son umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarligi, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi. Ulardan biri bo‘yicha mas’ullar tomonidan tez fursatda yechim topilishi ma’lum qilindi.

Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda Kengash kotibiyatiga taqdim etilib, zaruratga ko‘ra doimiy komissiya va sessiya muhokamasiga kiritiladi.

🤝 Xalq manfaatlari — doimiy e’tiborda!