Barcha yangiliklar
🤝 MUAMMOLAR — XALQ BILAN BIRGA HAL ETILADI
Gallery image 228423
Gallery image 228424
Gallery image 228418
Gallery image 228419
Gallery image 228420
Gallery image 228421
Gallery image 228422
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
08 Avg 2026
00:00

🤝 MUAMMOLAR — XALQ BILAN BIRGA HAL ETILADI

Kuni kecha Bekobod tumani Isfara mahallasida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladilar.
📌 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan:
🔹 elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi tayanch ustunlarini o‘rnatish;
🔹 ichki yo‘llarni ta’mirlash;
🔹 ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
🔹 sog‘liqni tiklash;
🔹 moddiy yordam va bandlik masalalari;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish;
🔹 kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasdan, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilandi.