Barcha yangiliklar
🏗 Bekobod tumanida yirik investitsiya loyihasiga tamal toshi qo‘yildi
Gallery image 228399
Gallery image 228400
Gallery image 228401
Gallery image 228402
Gallery image 228403
Gallery image 228404
Gallery image 228405
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
07 Avg 2026
00:00

🏗 Bekobod tumanida yirik investitsiya loyihasiga tamal toshi qo‘yildi

Bugun Bekobod tumanining Yangi O‘zbekiston massivida "MAXGREEN" MCHJ tomonidan barpo etiladigan zamonaviy tekstil va mebel fabrikasi qurilishiga tantanali ravishda tamal toshi qo‘yildi.

Tadbirda tuman hokimi, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Z.Nizomiddinov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, deputatlar, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

1 gektar maydonda bunyod etiladigan mazkur korxona ishga tushirilgach, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha hududning sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.