Barcha yangiliklar
🏥 Qaror ijrosi – amalda!
Gallery image 228396
Gallery image 228397
Gallery image 228398
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
07 Avg 2026
00:00

🏥 Qaror ijrosi – amalda!


Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Risqulova, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov, deputatlar Z.Esirgapova va N.Dusmatova, shuningdek, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi J.Bo‘rixo‘jayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yuldashev Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasining VII-29-38-10-135-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, sog‘liqni saqlash muassasasida olib borilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Mutasaddilar bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash ustuvor vazifadir.