Barcha yangiliklar
🏘 Mahalladagi qulayliklar – deputatlar e'tiborida
Gallery image 228384
Gallery image 228385
Gallery image 228386
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
06 Avg 2026
00:00

🏘 Mahalladagi qulayliklar – deputatlar e'tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Samandarova hamda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi M.Yoʻldashev Istiqlol mahallasida boʻlib, koʻp qavatli uylar atrofida aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda bolalar sport maydonchalarining holatini oʻrgandilar.

Tashrif davomida hududdagi mavjud qulayliklar koʻzdan kechirilib, aholi, ayniqsa, yoshlarning mazmunli dam olishi va sport bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Obod mahalla va qulay yashash muhiti yaratish yoʻlidagi ishlar doimiy eʼtiborda.