Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 228310
Gallery image 228311
Gallery image 228312
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
28 Avg 2026
16:16

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva tomonidan “Yangiobod” mahallasi aholisini qiynab kelayotgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish tashabbusi ilgari surildi.
📌Mahalladagi mavjud elektr ta’minoti holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda elektr energiyasini barqaror yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
📌Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida deputat H. Karayeva tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda “Yangiobod” mahallasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, mavjud kamchiliklarni o‘rganish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi.
📌Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, ularni joyida o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📌Zero, aholi uchun munosib va qulay sharoit yaratish, xususan, elektr energiyasining barqaror ta’minotini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.