Barcha yangiliklar
"Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!"
Gallery image 26851
Gallery image 26852
Gallery image 26853
Gallery image 26854
Gallery image 26855
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
05 Fev 2025
10:34

"Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Donishev tashabbusi va "Jizzax ovozi" gazetasi tahririyati hamkorligida "Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!" deb nomlangan videoroliklar ssenariysi uchun tanlov eʼlon qilindi. Eng yaxshi, deb topilgan takliflar asosida videoroliklar tasvirga olinib, mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishi ham ko‘zda tutilgan. Talablar asosida tahririyatga 20 ga yaqin materiallar kelib tushdi. Ssenariylar o‘rganilib, tahlil qilindi va g‘oliblar aniqlandi. 

4-fevral kuni tanlovning yakuniy taqdirlash bosqichi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tanlovga o‘z ishlarini yuborgan blogerlar, taniqli jurnalistlar qatorida yosh, havaskor ekologlar - maktab o‘quvchilari ham borligi bizni quvontirdi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, o‘zida o‘nga yaqin videorolik ssenariysini jamlagan materiallarni yuborgan Asal va Timur Shuhratovalar g‘olib, deb topildi. G‘oliblarga “Jizzax ovozi” tahririyati nomidan maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusida g‘olib bo‘lgan bolajonlar ishtirokida tahririyat va viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida videorolik tasvirga olinishi rejalashtirildi.