Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani   Jamoat transporti harakati  holati o‘rganildi
Gallery image 228225
Gallery image 228226
Gallery image 228227
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Avg 2026
12:03

#Chinoz_tumani Jamoat transporti harakati holati o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 7–Yangi Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat Morufjon Mamatqulov tomonidan biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mytaxassisi D.Ulug'bekova Kengash ish rejasiga asosan tumandagi Samarqand ko'chasida joylashgan jamoat transportining muntazam harakatlanishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida jamoat transporti qatnovlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, qurilish ishlar holatlari bilan tanishildi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kuzatilayotgan uzilishlar, bekatlarning ta’mirtalabligi va infratuzilmadagi kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur o‘rganishlar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda transport tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi