Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Gallery image 228104
Gallery image 228105
Gallery image 228106
Gallery image 228107
Gallery image 228108
Gallery image 228109
Gallery image 228110
Gallery image 228111
Gallery image 228112
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
28 Avg 2026
00:00

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

#aholi_murojaatlari

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh. Allamurotov tomonidan tuman Adliya bo‘limi binosida (Xalq qabulxonasida) fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Deputatlik faoliyati doirasida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bandlik, uy-joy, kredit, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Sh.Allamurotov har bir murojaatni atroflicha tinglab, masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Fuqarolar bilan bunday bevosita muloqotlar deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini amalda ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarishning muhim shakllaridan biridir.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram