Barcha yangiliklar
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 228072
Gallery image 228073
Gallery image 228074
Gallery image 228075
Gallery image 228076
Gallery image 228077
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
28 Avg 2026
00:00

“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi

#24_ta_tavsiya #nazorat_tahlil #deputat_okrugida
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev o‘z saylov okrugidagi 6-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya”da belgilangan vazifalar asosida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar, moddiy-texnik baza, jihozlarning mavjudligi va ularning holati, shuningdek, muassasaning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram