Barcha yangiliklar
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tumanimiz deputatlari munosib taqdirlandi
Gallery image 228019
Gallery image 228020
Gallery image 228021
Gallery image 228022
Gallery image 228023
Gallery image 228024
Gallery image 228025
Gallery image 228026
Gallery image 228027
Gallery image 228028
Gallery image 228029
Gallery image 228030
Gallery image 228031
Gallery image 228032
Gallery image 228033
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tumanimiz deputatlari munosib taqdirlandi

#DeputatlikFaoliyati #Mustaqillik35Yil 🇺🇿

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tumanimiz deputatlari munosib taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab katta shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, xalqimiz farovonligi va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu islohotlar har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada yuksaltirmoqda.

🎖 Ana shunday qutlug‘ sana arafasida tumanimizda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining jamiyat va xalqimiz hayotidagi faol ishtiroki, jamoatchilik bilan ishlashdagi tashabbuskorligi hamda hudud rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilib, ular munosib taqdirlandilar.

Deputatlarimizning xalq vakili sifatidagi faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtiroki va el-yurt manfaatlari yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuksak e’tirofga loyiq.

🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!

Xalq deputatlari tuman Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram