Barcha yangiliklar
Qiziriq tumanida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolarga amaliy yechimlar belgilandi
Gallery image 228006
Gallery image 228007
Gallery image 228008
Gallery image 228009
Gallery image 228010
Gallery image 228011
Gallery image 228012
Gallery image 228013
Gallery image 228014
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00

Qiziriq tumanida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolarga amaliy yechimlar belgilandi

#AholiMurojaatlari

Qiziriq tumanida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolarga amaliy yechimlar belgilandi

Bugun Qiziriq tumanidagi Madaniyat bo‘limi binosida aholi murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga amaliy yechim topishga qaratilgan navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda Qiziriq tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Allamurotov hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Mirolimjon Karimov ishtirok etib, fuqarolar va suv iste’molchilarining murojaatlarini bevosita tingladilar.
Muloqotlar davomida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini yaxshilash, nasos stansiyalarining barqaror faoliyatini ta’minlash, ichki ariq va kanallarni tozalash kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, imkon qadar muammolarga joyida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Deputat va hokim sifatida Sh. Allamurotovning aholi bilan ochiq muloqotlari, murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishi hamda muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlari davom etmoqda

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram