Barcha yangiliklar
Deputat faol bo‘lishi kerak
Gallery image 26823
Gallery image 26824
Gallery image 26825
Gallery image 26826
Gallery image 26827
Gallery image 26828
Gallery image 26829
IRISKULOV OBIDJON SAYFULLAYEVICH
04 Fev 2025
19:05

Deputat faol bo‘lishi kerak

 Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati, tuman oqila ayollar yetakchisi R. Islomova va guruh a'zolari tumandagi 21-, 27-, 44-, 59-, 80- va 90-sonli maktablarda maktab ma'muriyati va Ota-onalar bilan ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish hamda radikalizmga qarshi kurashish bo'yicha uchrashuv o'tkazdi.  

R. Islomova bugungi kunning yoshlari dunyoviy ilmga ega bo'lmasdan, diniy bilimni o'rgana olmasligini alohida takidlab o'tdi.  

“Maktablar, mahallalarda ma'naviyat o'z o'rnini topmasa kelajak uvol bo'lishi bugunning eng dolzarb mavzusi, yoshlarimiz tarbiyasi kelajak mevasi, bugunning ertasi shiorini barcha mas’ullar yurakdan his etib ishlashi kerak, bolalarimiz bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishi muhim ekanligini barchamiz bir xil anglashimiz lozim”-dedi R.Islomova.  

Uchrashuvda R.Islomova va guruh a'zolari barchani qiziqtirgan savollariga javob berishdi.