Barcha yangiliklar
MUSTAQILLIK — EZGU NIYATLAR VA YANGI MAQSADLAR RAMZI
Gallery image 227869
Gallery image 227870
Gallery image 227871
Gallery image 227872
Gallery image 227873
Gallery image 227874
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
28 Avg 2026
19:27

MUSTAQILLIK — EZGU NIYATLAR VA YANGI MAQSADLAR RAMZI

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashga  2-“Arpapoya” saylov okrugidan deputat Z.Dagarova tashabbusi bilan Qumqo‘rg‘on tumani nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «G‘amxo‘rlik» markazida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashga  12-“Navbahor” saylov okrugidan deputatS.Valiyeva va tashkilotlardan vakillar va faollar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, inson qadrini ulug‘lash, mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi ezgu qadriyatlar xususida fikrlar bildirildi.
Bayram tadbiri bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning qalbida Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va Mustaqillik bayramiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.