Barcha yangiliklar
Amaliy ishlar – xalq farovonligi yo‘lida
Gallery image 227782
Gallery image 227783
Gallery image 227784
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
04 Avg 2026
00:00

Amaliy ishlar – xalq farovonligi yo‘lida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan S.Xidirova Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda Do‘stlik mahallasida 28 ta oila kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turibdi. Ushbu oilalarning har biri uchun hokim yordamchisi tomonidan individual "yo‘l xaritalari" ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda bosqichma-bosqich kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

✅ Har bir oila farovonligi – e'tibor markazida.