Barcha yangiliklar
📚 Qonun ijrosi – deputat e'tiborida
Gallery image 227752
Gallery image 227753
Gallery image 227754
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
04 Avg 2026
00:00

📚 Qonun ijrosi – deputat e'tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova Bekobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliyotdagi ijrosi va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim tizimida mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, qonun ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Sifatli ta’lim va qonun ustuvorligini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.