Barcha yangiliklar
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 227743
Gallery image 227744
Gallery image 227745
Gallery image 227746
Gallery image 227747
Gallery image 227748
Gallery image 227749
Gallery image 227750
Gallery image 227751
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Avg 2026
18:58

MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Bahodir Muhammadaliyevich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Yangiobod” mahallasining “Tutzor” ko‘chasida yashovchi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Xususan, fuqarolar tomonidan “Tutzor” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi. Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va yechimini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi. Shuningdek,masala bo‘yicha tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish hamda uning ijrosini nazoratga olish rejalashtirildi.Uchrashuv yakunida deputat aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.