Barcha yangiliklar
YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 227705
Gallery image 227706
Gallery image 227707
Gallery image 227708
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
28 Avg 2026
18:44

YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Rayhon” MFY ATX ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan ta’mirlash jarayonining borishi, yo‘l qoplamasini yangilash ishlari hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yo‘l ta’mirlash ishlarining sifatli yakunlanishi, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi