Barcha yangiliklar
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 227682
Gallery image 227683
Gallery image 227684
Gallery image 227685
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
28 Avg 2026
18:14

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 15-Cho‘rindi saylov okrugi deputati A.Sharipov hududiga kiruvchi “Cho‘rindi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlarlar tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 6-iyundagi "tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.

➡️O‘rganish doirasida mazkur mahalla fuqarolar yig‘i "Yoshlarobod" ko‘chasining 250 metr hamda "Navro‘z" ko‘chasining 350 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chani asfalt bosishga tayyorlov ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha asfaltlashtirish ishlarini belgilangan standartlarga mos ravishda, sifatli hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.