Barcha yangiliklar
#Sayyor qabul
Gallery image 26778
Gallery image 26779
Gallery image 26780
Gallery image 26781
Gallery image 26782
XAMIDOV MUXAMMADJON AXAD O‘G‘LI
04 Fev 2025
16:27

#Sayyor qabul

✅ Bugun yurtimizda davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan shior ustuvor vazifadir. Mas’ul rahbar xodimlarning joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, ularning dardi-tashvishlariga quloq tutishi buning amaliy ifodasidir.

❇️ Xususan, bugun 4-fevral kuni Surum mahallasida 25-Surum saylov okrugi deputati B.Axmedov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Miralimov, 4-sektor mas’ul xodimlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.  

✳️ Sayyor qabul davomida murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Bir qator masalalar joyida hal etilib, qolganlari yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbariyatiga topshiriqlar berildi.