Barcha yangiliklar
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 227584
Gallery image 227585
Gallery image 227586
Gallery image 227587
Gallery image 227588
Gallery image 227589
Gallery image 227590
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00

Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari R.Yegitaliyev va D.Xamraqulovlar hamda Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov tomonidan Bag‘dod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Markazda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmatlarning belgilangan muddatlarda va sifatli ko‘rsatilishi, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ortiqcha byurokratik to‘siqlarning oldini olish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida Markaz xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.