Barcha yangiliklar
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
Gallery image 227451
Gallery image 227452
Gallery image 227453
Gallery image 227454
Gallery image 227455
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
28 Avg 2026
16:42

🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich tomonidan Xitoy MFY raisi va ko‘chaboshilar bilan birgalikda hududdagi aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha o‘rganilmoqda.
🚶‍♂️ O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi piyodalar yo‘lakchasi mavjud emasligi, shuningdek, ichki ko‘chalarga yo‘l belgilarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📋 Mazkur muammolarni tashkilotlar tomonidan bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.
👤 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov hamda Xitoy MFY raisi ishtirok etdi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishning muhim omilidir!