Barcha yangiliklar
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
Gallery image 227434
Gallery image 227435
Gallery image 227436
Gallery image 227437
Gallery image 227438
Gallery image 227439
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
28 Avg 2026
16:39

🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi

📜 “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 483-I-son ijrosi yuzasidan Shovot tumani Xitoy mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida hududda faoliyat olib borayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlarning faoliyati, ularda mahsulotlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
👤 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich, Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov hamda Xitoy MFY raisi ishtirok etdi.
✅ O‘rganish davomida savdo shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.