Barcha yangiliklar
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Gallery image 227430
Gallery image 227431
Gallery image 227432
Gallery image 227433
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
28 Avg 2026
16:38

🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

📍 “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-362-son ijrosi yuzasidan Shovot tumani Xitoy mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida Shovot tumani “Toza hudud” DUK tomonidan har haftaning juma kuni Xitoy mahallasidagi barcha ko‘chalardan quruq maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilayotganligi holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 O‘rganish Xitoy MFY raisi bilan birgalikda olib borilib, hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holatiga ham e’tibor qaratildi.
👤 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich, Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
♻️ Hududlar tozaligi va sanitariya holatini ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamiz!