Barcha yangiliklar
ISTIQBOLLI  LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 26737
Gallery image 26738
Gallery image 26739
Gallery image 26740
Gallery image 26741
Gallery image 26742
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
30 Yan 2025
16:14

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

Avval xabar (https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi/12726) berganimizdek, shahar hokimi Gavhar Alimova shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Quvayt davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. 

Ushbu tashrif doirasida Quvayt davlatidagi yirik tibbiy kompaniya vakillari va shahar hokimi G.Alimova o‘rtasida tibbiyot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi va kelgusida bu borada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, shahar hokimi O‘zbekiston va Quvayt davlatlari o‘rtasida koʻchmas mulkni, qishloq xo‘jaligi, turizm va infratuzilma sohalarida istiqbolli investitsiya imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.