Barcha yangiliklar
💈 Aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar o‘rganildi
Gallery image 227420
Gallery image 227421
Gallery image 227422
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
28 Avg 2026
16:36

💈 Aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar o‘rganildi

📍 PQ-49-sonli qaror ijrosi yuzasidan Shovot tumani Xitoy mahallasida yangi tashkil etilgan erkaklar sartaroshxonasi faoliyati o‘rganildi.
🤝 Mazkur sartaroshxona Xitoy MFY hokim yordamchisi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
🔎 O‘rganish jarayonida sartaroshxonaning faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar va ish o‘rinlaridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
👤 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich, Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
📌 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi bunday amaliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.