Barcha yangiliklar
“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 227404
Gallery image 227405
Gallery image 227406
Gallery image 227407
Gallery image 227408
Gallery image 227409
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
28 Avg 2026
16:11

“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonidan tuman markazida barpo etilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida mazkur istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayni kunlarda bog‘dagi asosiy qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida bo‘lib, hududni zamonaviy va ko‘rkam qiyofaga keltirish maqsadida pardozlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, istirohat bog‘i hududida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🟢Jumladan, hududga turli manzarali daraxt va butalar ekish, gulzorlar barpo etish, yashil hududlarni kengaytirish hamda bog‘ning estetik ko‘rinishini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda. Bunday ishlar natijasida tuman markazida aholining mazmunli hordiq chiqarishi, oilaviy dam olishi va bo‘sh vaqtini xush o‘tkazishi uchun yana bir zamonaviy va obod maskan yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🟢“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish-ta’mirlash, pardozlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari to‘liq yakunlangach, tuman aholisi uchun yana bir fayzli va zamonaviy istirohat maskani yaratilishi rejalashtirilgan.