Barcha yangiliklar
Aholi salomatligi muhim masala
Gallery image 26705
Gallery image 26706
Gallery image 26707
Gallery image 26708
Gallery image 26709
Gallery image 26710
Gallery image 26711
Gallery image 26712
Gallery image 26713
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
28 Yan 2025
15:57

Aholi salomatligi muhim masala

Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi zamonaviy diagnostika va davolash jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda nafaqat shahar, balki qo‘shni tumanlar aholisiga ham sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunda birlashmada аholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida qurilish ishlari ham amalga oshirilmoqda. 

Shahrimizga tashrif buyurgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 32-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputat Jasur Shodiyev hamda shahar kengashi kotibiyat mudiri va deputatlar bilan bugun shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, birlashmada olib borilayotgan ishlar va bo‘limlarda aholi salomatligini saqlash borasida yaratilgan sharoitlar va muammolarni o‘rgandi. O‘rganish davomida Asab kasalliklari bo’limi, tumanlararo Perenatal markazi, skrening markazi, nogironlar reabilitatsiyasi markazlaridagi sharoitlarni ko’zdan kechirib, bemorlar bilan suhbatlashdi.