Barcha yangiliklar
GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — NAZORATDA
Gallery image 227358
Gallery image 227359
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Avg 2026
15:53

GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — NAZORATDA

 GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — NAZORATDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish tizimiga oid qarori ijrosi o‘rganilmoqda.
🔎 Shu doirada deputat M. Saidov o‘z hududidagi qassobxonalarda bo‘lib, go‘sht mahsulotlarining sifati, saqlanishi, sotilishi va sanitariya holati bilan tanishdi.
🎯 Maqsad — aholini sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish.