Barcha yangiliklar
#haftalik_ish_reja_ijrosi  #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_daftari #deputat_faoliyati   Mahallada ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 227339
Gallery image 227340
Gallery image 227341
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
28 Avg 2026
15:43

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_daftari #deputat_faoliyati Mahallada ichki yo‘llar holati o‘rganildi



Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, obodonlashtirish va infratuzilma holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur amaliy jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.
O‘rganishlar davomida, mahallaning Muqumiy ko‘chasidagi ichki yo‘llar ma’nan va jismonan eskirgani, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani aniqlandi.

Ushbu ko‘chada aniqlangan yo‘l infratuzilmasiga oid muammo deputatning “Murojaat daftari”ga batafsil qayd etildi.

Ushbu ko‘chadagi yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkilotlariga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilab olindi.

Ravon yo‘llar — obod mahalla va farovon turmush garovidir!