Barcha yangiliklar
#24_ta_tavsiya #Okrugda_o‘rganish
Gallery image 227273
Gallery image 227274
Gallery image 227275
Gallery image 227276
Gallery image 227277
Gallery image 227278
Gallery image 227279
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Avg 2026
14:56

#24_ta_tavsiya #Okrugda_o‘rganish

Oltinsoy tumanida aholi uchun arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taklif etish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada nazorat o‘tkazildi.

Tuman hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-Chinor saylov okrugidan saylangan deputat Otabek Mavlyanov va tuman prokurori Ravshan Turdiyev yarmarkadagi savdo jarayoni, mahsulotlar sifati hamda narxlarning barqarorligi bilan tanishdilar.

Mas’ullarga aholiga sifatli va arzon mahsulotlarni yetkazib berish, narxlarni sun’iy oshirishga yo‘l qo‘ymaslik hamda yarmarkada tartib-intizomni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Asosiy maqsad — aholi dasturxonini sifatli, xavfsiz va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube 🌐oltinsoy.uz