Barcha yangiliklar
“ONA YURTIM — JALAQUDUQ TAROVATI”
Gallery image 227255
Gallery image 227256
Gallery image 227257
Gallery image 227258
Gallery image 227259
Gallery image 227260
Gallery image 227261
Gallery image 227262
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
28 Avg 2026
14:34

“ONA YURTIM — JALAQUDUQ TAROVATI”

         Jalaquduq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda rassom Rustamjon O‘rozovning “Ona yurtim — Jalaquduq tarovati” nomli ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada tuman hokimi, tuman deputati Hikmatillo Latipov ham ishtirok etib, rassomning ijod namunalari bilan tanishdi. Unda Jalaquduqning go‘zal tabiati, betakror manzaralari va yurtimizga xos qadriyatlarni aks ettirgan rang-barang asarlar namoyish etildi. Tuman hokimi rassomning ijodiy faoliyatini e’tirof etib, bunday ko‘rgazmalar yoshlarning san’at va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Tadbirda tuman Kengashi raisi Sh.Xaytaxunov xam ishtirok etdi.