Barcha yangiliklar
HAMKORLIK ASOSIDA DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 227214
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Avg 2026
14:02

HAMKORLIK ASOSIDA DEPUTATLIK NAZORATI

HAMKORLIK ASOSIDA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikdagi ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📌 Shu doirada deputat F. Bozorova tuman Xalq banki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida tashkilot faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.

🗣 Mas’ullar bilan suhbat davomida aniqlangan masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Hamkorlik, nazorat va amaliy muloqot — aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.