Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 227155
Gallery image 227156
Gallery image 227157
Gallery image 227158
Gallery image 227159
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
28 Avg 2026
12:12

Kotib

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi Kamolot” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan bayram tadbirida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Kim Vitaliy Gennadevich ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan tabrikladi.

Tadbirda, mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdi. Unda milliy mustaqilligimiz mard va matonatli xalqimizning qat’iy irodasi, istiqlol yo‘lida kurashgan fidoyi ajdodlarimiz orzu-umidlarining ro‘yobi, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu ishlarning mustahkam asosi, kelajak avlodlarimiz uchun bezavol yetkazish, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng bayramona kayfiyat konsert dasturi bilan davom etdi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar, turli chiqishlar va ko‘tarinki ruh tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi.