Barcha yangiliklar
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
Gallery image 227132
Gallery image 227133
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
28 Avg 2026
11:57

Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi

 #Istiqlol egalari 

   🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga “23-Zig‘ir” saylov okrugidan saylangan deputat, “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi Zarifaxon Maxkamova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sohibjon Nabiyev istiqlolimizning munosib vorislari bo‘lgan, ta’lim, fan, madaniyat va sport yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Uchko‘prik tumani yoshlari bilan uchrashdilar. Samimiy muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishlari, o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishlari, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov hamda musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Uchrashuvda yoshlarning yutuqlari alohida e’tirof etilib, ularning kelgusidagi maqsad va rejalari tinglandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.   

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi