Barcha yangiliklar
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
Gallery image 227089
Gallery image 227090
Gallery image 227091
Gallery image 227092
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
28 Avg 2026
11:45

Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 25-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat A.Karimov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tumandagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishi, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar, soliq tushumlarini ta’minlash, mavjud soliq qarzdorliklarini kamaytirish hamda fuqarolarga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

♻️O‘rganish jarayonida soliq inspektorining xizmat vazifalarini samarali tashkil etishi, mahalla hududidagi soliq to‘lovchilar bilan tizimli ishlashi hamda aholining murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!