Barcha yangiliklar
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 227070
Gallery image 227071
Gallery image 227072
Gallery image 227073
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
28 Avg 2026
11:43

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi


Mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G. Achilova bilan suhbat o‘tkazildi.

👩‍💼Suhbat davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning mavjud muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

👩‍⚖️Ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!