Barcha yangiliklar
📌 MAHALLADA BANDLIK VA FAROVONLIKNI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
28 Avg 2026
11:28

📌 MAHALLADA BANDLIK VA FAROVONLIKNI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Z. Dovletov tuman Kengashi raisi X. Sultonov bilan birgalikda mahalla raisi bilan uchrashib, hududni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli mahallaga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildi.

Suhbat davomida aholini ish bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahalla aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.