Barcha yangiliklar
#okrugda_organish
Gallery image 227015
Gallery image 227016
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
25 Avg 2026
11:25

#okrugda_organish

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugi deputati N. Mo‘minova tomonidan Xo‘jaqishloq mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.