Barcha yangiliklar
#162_qonun  #dastur_ijrosi
Gallery image 226979
Gallery image 226980
Gallery image 226981
Gallery image 226982
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
22 Avg 2026
11:11

#162_qonun #dastur_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi 23-Zarafshon saylov okrugi deputati F. Suyarov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan G‘ulba mahallasida joylashgan “G‘ulba” OShP binosini mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

Mazkur loyiha doirasida 2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 50 o‘ringa mo‘ljallangan OShP binosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan.

O‘rganish davomida binoning Mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, qurilishdagi ayrim kamchiliklar, hududni obodonlashtirish va yakuniy tayyorgarlik ishlari to‘liq yakunlanmaganligi qayd etilib, mas’ullarga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.