Barcha yangiliklar
#162_qonun
Gallery image 226914
Gallery image 226915
Gallery image 226916
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
19 Avg 2026
10:38

#162_qonun

✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova hamda 4-Eskijuma saylov okrugi deputati I. O‘rinov tomonidan tumandagi 10-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi.

✅Uchrashuv davomida muassasadagi moddiy-texnik baza, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda qishlov mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

✅Deputatlar tomonidan maktabda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni kisqa fursatda bartaraf etish va mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan taklif tavsiyalar berildi.