Barcha yangiliklar
#162_qonun
Gallery image 226908
Gallery image 226909
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
18 Avg 2026
10:35

#162_qonun

✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyat mudiri N. Mo‘minova hamda 25-“Yangi Toyloq” saylov okrugi deputati M. Aminova tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ–581-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi olib borildi. Hukumat qarori ijrosi ham savolnoma asosida o‘rganildi. O‘rganishda ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining huquqlari, boshqaruv organlari faoliyati hamda umumiy mol-mulkni saqlash holatiga e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, uy-joylarda aholiga yaratilgan sharoitlar, hududlarning obodonlashtirilishi va mavjud muammolar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Masala deputatlik nazoratiga olindi.