Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 226893
Gallery image 226894
Gallery image 226895
Gallery image 226896
Gallery image 226897
Gallery image 226898
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
28 Avg 2026
10:31

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 TO‘PALANG SUVI — SHEROBODGA!

Sherobod tumanida aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Kengashi deputati Q. Raxamov tuman hududida To‘palang suv omboridan tortib kelinayotgan ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida quvurlarni tortish va yotqizish jarayoni, qurilish-montaj ishlarining borishi hamda loyihani sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha, avvalo, Sherobod aholisi turmush farovonligi, salomatligi va munosib yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir.

To‘palangning zilol suvi Sherobod xonadonlariga kirib borishi — aholi uchun qulay va farovon hayot sharoitlarini yaratish yo‘lidagi ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir.
Bugun quvurlar tortilayotgan bo‘lsa, ertaga ushbu quvurlar orqali Sherobod xonadonlariga hayotbaxsh suv kirib boradi. 💧

🇺🇿 Xalq farovonligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.