Barcha yangiliklar
#24_masala
Gallery image 226865
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
15 Avg 2026
10:12

#24_masala

4-BAND IJROSI Mahallabay ishlash tizimi amalda: ishbilarmonlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 15-“Bog‘izog‘on” saylov okrugi deputati B. Xamrayev tomonidan “Bog‘izog‘on” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida hokim yordamchisi ko‘magida hamda imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga ishga tushirilgan veterinariya vositalari savdo do‘koni faoliyati bilan tanishildi.

✅Mazkur loyiha mahalla aholisi, xususan, dehqon va chorvadorlarga qulaylik yaratish bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qilmoqda.

✅Deputat tadbirkor bilan suhbatda mahallabay ishlash tizimi orqali yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidladi.